Minsk rasmiylariga ko‘ra, qo‘ng‘iroq tashabbusi Fransiya tomonidan bildirilgan.
“Pul Pervogo” kanali xabariga ko‘ra, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron suhbat davomida mintaqaviy xavfsizlik, Belarus–EI munosabatlari hamda ikki tomonlama aloqalarni muhokama qilgan.
Makron 2020 yildagi Belarus voqealaridan keyin Lukashenko bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotdan uzoqlashib kelayotgan edi. Shu bois, Fransiya tomoni tashabbusi bilan o‘tgan rasmiy telefon muloqoti xalqaro muhokamalarga sabab bo‘ldi.
So‘nggi haftalarda Ukrainada Belarusning mojaroga tortilishi ehtimoli yana muhokama qilinmoqda. Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, Makron Lukashenko bilan muloqot orqali Minskning ehtimoliy harakatlariga ta’sir o‘tkazish yoki uni Kreml bilan aloqa kanali sifatida ko‘rib chiqishi mumkin.