Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Lukashenko koronavirusni yengish yo‘lini aytdi

Lukashenko koronavirusni yengish yo‘lini aytdi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlash sohasidagi intizom va boshqaruv koronavirusni yengishga yordam beradi. Bu haqda BelTA yozmoqda.

Prezident Minsk aholisini yuqumli kasalliklar ustidan g‘alaba qozongani bilan tabriklab, Minsk epidemiologik davrda mamlakatning eng muammoli shahri ekanligini ta’kidladi: “Aholisi ikki millionga yetganligi sababli  koronavirus tarqalishi tez edi. Biz chegaralarni yopmaganligimizni hisobga olib, aholini kvartiralarga haydab chiqarmadik"

Lukashenko rasmiylarning asosiy vazifasi vahimaning oldini olish ekanligini ta’kidladi. “Biz buni yengdik. Ushbu ofatni jimgina yo‘q qilishimiz va takroriy epidemiyaning oldini olishimiz kerak", — dedi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, 2 iyul kuni Lukashenko Belarus koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini rasman e’lon qilgandi.

Kiritildi: 15:24 07.07.2020. O'qildi: 4622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!