Aleksandr Lukashenkoga oid ish Xalqaro jinoyat sudida dastlabki bosqichda ko‘rib chiqilmoqda. Palata tarkibiga uch nafar sudya kirgan bo‘lib, ularning barchasi ayollardir.
Sudyalar orasida Yuliya Motok, Rene Alapini-Gansu va Sokkora Flores Liyera bor.
Tergov ehtimoliy insoniyatga qarshi jinoyatlar — jumladan, belaruslarni majburiy deportasiya qilish va hokimiyat muxoliflarini ta’qib qilish holatlarini qamrab olgan. Ish Litva so‘roviga binoan boshlangan bo‘lib, ayrim holatlar transchegaraviy xususiyatga ega ekani aytilmoqda.
Bu jarayon hozircha dastlabki bosqichda. Aynan shu bosqich ishning davom etishi va rasmiy ayblovlar qo‘yilishi-qo‘yilmasligini hal qiladi.