AQShning Luiziana shtatini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. Yong‘in mazkur shtatining aholi gavjum hududlariga yetib bordi. Mahalliy aholi zudlik bilan uylarini tark etmoqda.
Qutqaruvchilar yong‘inning tez tarqalishini to‘xtata olmayapti, ob-havo bunga xalaqit bermoqda. Yozning rekord darajada issiq kelgani tufayli shtat qattiq qurg‘oqchilikka duchor bo‘lmoqda. Birgina avgust oyida ushbu hududda 550 dan ortiq yong‘in sodir bo‘lgan.