Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Los-Anjelesdagi yong‘inlar: 11 qurbon, talonchilar tufayli komendantlik soati joriy qilingan

A A A
Los-Anjelesdagi yong‘inlar: 11 qurbon, talonchilar tufayli komendantlik soati joriy qilingan


Mintaqada shamol to‘xtadi, bu esa o‘t o‘chiruvchilarga yong‘inga qarshi samaraliroq kurashish imkonini berdi, deb xabar beradi AFP. Biroq, yaqin kunlarda "shamol yana kuchayadi", deb ogohlantirdi AQSh Federal favqulodda vaziyatlar agentligi.

Los-Anjelesning Tinch okeanidagi Palisades, Malibu va Altadena kabi chekka hududlari o‘rmon yong‘inlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lgan, 15 ming gektar maydonda minglab binolar yonib ketgan. 180 ming kishi evakuasiya qilindi. Parij Xilton, Entoni Xopkins, Mel Gibson kabi mashhur kishilarning villalari vayron qilingan.

Talonchilarga qarshi kurashish uchun polisiya jabrlangan hududlarda soat 18.00 dan 6.00 gacha komendantlik soati joriy etdi. AQSh Milliy gvardiyasining minglab askarlari tashlandiq uylarni himoya qilish uchun safarbar etilgan. "Sizga zarar ko‘rgan hududlarda bo‘lishingiz mumkin emas. Agar shunday qilsangiz, hibsga olinasiz", dedi Sherif Robert Luna, "Bu komendantlik soati qat’iy amalga oshiriladi." Talonchilikda gumon qilingan kamida 20 kishi allaqachon hibsga olingan.

Kiritildi: 14:46 11.01.2025. O'qildi: 1751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!