Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Los-Anjeles sherifining o‘rinbosari patrul mashinasida o‘ldirildi

Los-Anjeles sherifining o‘rinbosari patrul mashinasida o‘ldirildi

AQShning Kaliforniya shtatida Los-Anjeles okrugi sherifining o‘rinbosari shaxsiy patrul mashinasida noma’lum shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan.

Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli Rayan Klinkenbrumer Los-Anjelesdan 95 km shimolda joylashgan Palmdale shahridagi sherif idorasi yonida hushsiz holatda topilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam guruhi uning o‘lganini e’lon qildi. Hozirda otishma sodir etgan shaxsning shaxsi aniqlanmoqda.

Los-Anjeles okrugi sherifi Robert Luna CNNga otishma qasddan sodir etilganligini aytdi.

Kiritildi: 08:46 18.09.2023. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!