Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Londondagi “Globus” teatri koronavirusdan keyin ham ochilmasligi mumkin

Londondagi “Globus” teatri koronavirusdan keyin ham ochilmasligi mumkin

Londondagi Shekspir zali va adabiyot markazi joylashgan “Globus” teatri pandemiyadan keyin umuman ochilmasligi ham mumkin.

Xabarda ma’lum qilinishicha, karantin teatrga halokatli ta’sir ko‘rsatgan. Teatr rahbariyati hukumatning qo‘llab-quvvatlashisiz “yashab” ketolmasligi haqida ogohlantirgan.

“Hukumatning yordamisiz biz ushbu iqtisodiy inqirozni yengib o‘tolmaymiz. Teatrning yopilishi ham san’at, ham britaniyalik ulug‘ yozuvchi uchun fojia bo‘ladi”, deydi teatr rahbariyati.

Teatr xodimlar shtatini saqlab qolish uchun davlatdan ko‘mak olib bo‘lgan. Pandemiyadan so‘ng “oqimda qolish uchun” teatrga yana 5 mln funt miqdorda mablag‘ kerak bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi ko‘rinishdagi zamonaviy “Globus” teatri 1997 yil, Temza daryosi qirg‘og‘ida barpo etilgan. Birinchi “Globus” 1613 yilda yonib ketgan va 1614 yilda uni qayta tiklashgan. Shundan so‘ng ushbu san’at markazi 1642 yilgacha o‘z faoliyatini olib borgan.    

Kiritildi: 07:55 25.05.2020. O'qildi: 2058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!