Londonning shimolida yahudiy xayriya tashkilotiga tegishli to‘rtta ixtiyoriy tez yordam avtomobili yoqib yuborildi.
Polisiya mazkur hodisani antisemitik nafrat jinoyati sifatida tergov qilmoqda. Hujum oqibatida bir necha transport vositalariga jiddiy zarar yetgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ushbu voqeani “juda dahshatli” deb baholab, bunday harakatlarni keskin qoraladi.
Huquq-tartibot idoralari aybdorlarni aniqlash va javobgarlikka tortish bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.