Oradan 12 yil o‘tib, Londonda Suriya elchixonasi o‘z faoliyatini qayta tikladi.
Suriya tashqi ishlar va muhojirlar vaziri Asad ash Shaybani 13 noyabr kuni Angliya poytaxti Londondagi Suriya elchixonasini qayta ochdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
“Payshanba kuni vazir Asad Hassan ash Shaybani Londondagi Suriya elchixonasi binosi ustida milliy bayroqni ko‘tardi. Bu 12 yil oldin to‘xtab qolgan diplomatik missiyaning qayta yo‘lga qo‘yilishi ramzidir,” deyiladi Suriya OAV xabarlarida.
Ash Shaybani elchixonaning ochilishi mamlakat uchun yangi bosqich bo‘lishiga umid bildirdi.
“Yillar davomida Bashar Asad rejimi sabab xalqaro maydondan chetlatilgan Suriya bugun xalqaro hamjamiyatga qo‘shilmoqda”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.