Livanda Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 968 nafarga yetdi.
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 martdan 18 martgacha bo‘lgan davrda 2 432 kishi turli darajada jarohat olgan.
Avvalroq qurbonlar soni 912 nafar ekani ma’lum qilingan bo‘lib, keyingi kunlarda hujumlar davom etgani sababli bu ko‘rsatkich keskin oshgan.
Hozirgi vaziyat Livandagi xavfsizlik holati jiddiylashib borayotganini ko‘rsatmoqda, qurbonlar soni esa 1000 nafarga yaqinlashgan.