Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Livanda halok bo‘lganlar soni 1072 nafarga yetdi

Livanda halok bo‘lganlar soni 1072 nafarga yetdi

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil hujumlari natijasida 2 martdan beri halok bo‘lganlar soni yana 33 nafarga oshib, 1072 nafarga yetgan. Yaralanganlar soni esa 2966 nafarni tashkil etmoqda.

23 mart kuni e’lon qilingan avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 1039 nafar, yaralanganlar esa 2876 nafar edi.

Isroil armiyasi 2 mart kuni Livan hududidan raketa uchirilgani aniqlanganidan so‘ng mamlakat shimolida havo hujumi sirenalari ishga tushirilganini ma’lum qilgan.

Shundan keyin Isroil butun Livan bo‘ylab, jumladan Beyrut shahriga havo zarbalari bergan va quruqlikdagi operasiyalarni kengaytirishga qaror qilgan. Hujumlar havo va dengizdan olib borilgan.

Xanin as-Seyid ma’lum qilishicha, mamlakatda ichki ko‘chirilganlar soni 1 million 162 ming nafardan oshgan.

Kiritildi: Bugun 18:40. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!