Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Livan Isroil bilan uchrashuv haqidagi xabarlarni rad etdi

Livan Isroil bilan uchrashuv haqidagi xabarlarni rad etdi

AFP agentligining mamlakat hukumatiga tayanib xabar berishicha, Livan rasmiylari Isroil bilan o‘tkazilishi aytilayotgan muzokaralardan mutlaqo bexabar.

Rasmiy Bayrut bu borada xalqaro kanallar orqali hech qanday taklif yoki ma’lumot olmaganini bildirmoqda.

Avvalroq, “Isroil va Livan o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishga harakat qilyapmiz. Bu ikki davlat yetakchilari o‘rtasida muzokaralar o‘tganiga taxminan 34 yil bo‘ldi. Ertaga bu amalga oshadi. Juda yaxshi!” — deb yozgan Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Biroq muzokaralarda qaysi darajadagi rahbarlar — prezidentlar yoki bosh vazirlar ishtirok etishi, shuningdek uchrashuv qayerda bo‘lib o‘tishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: Bugun 14:04. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!