Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Livan Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish niyatida emas

Livan Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish niyatida emas

Livan bosh vaziri Navaf Salam o‘z mamlakati Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashni istamasligini bildirdi.

Bu haqda bosh vazir Jozef Al-Kosifiy boshchiligidagi Livan matbuot muharrirlari sindikati delegasiyasi bilan Grand-Seraleda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bilan munosabatlarni "mamlakatda hech kim normallashtirishni istamaydi". Navaf Salam, shuningdek, Livan janubida Isroil egallab turgan besh nuqta hech qanday strategik ahamiyatga ega emas va faqat Beyrutga bosim o‘tkazish uchun zarurligini ta’kidladi.

Salam, Isroilning G‘azo va G‘arbiy Sohilda falastinliklarning ko‘chirilishi va tarixiy Falastindan tashqarida Falastin davlatini barpo etish taklifi haqidagi ritorikalariga keskin qarshi chiqdi. U bu rejaga qarshi turish uchun arab va xalqaro yordamni safarbar etish muhimligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, uchrashuv Livan bosh vazirining o‘tgan hafta Saudiya telekanallaridan biriga bergan intervyusi fonida bo‘lib o‘tgan, unda u Hizbullohni tanqid qilgan va harakatning Isroil bilan urushi Livanga yordam bermasligini aytgan.

Kiritildi: 23:48 26.03.2025. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!