Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Livan atrof-muhit vaziri iste’foga chiqdi

Livan atrof-muhit vaziri iste’foga chiqdi

Livan atrof-muhit vaziri Damianos Kattar iste’foga chiqdi, deb xabar berdi “Al-Jadid” telekanali.

Telekanalning xabar berishicha, Bosh vazir Hasan Diab Qattarni o‘z lavozimida qolishga ko‘ndirishga urinmoqda.

Avvalroq o‘z qarorini 4 avgust kuni Bayrut portida sodir bo‘lgan portlash bilan bog‘lagan Livan axborot vaziri Manal Abdessamad iste’foga chiqqanini ma’lum qilgan edi.

8 avgust kuni minglab odamlar hukumat iste’fosi va islohotlarni talab qilib, Bayrutda hukumatga qarshi namoyishga chiqdi. Miting tartibsizliklarga aylandi. Namoyishchilar to‘rt vazirlik va bank birlashmasining binolarini egallab olishdi. To‘qnashuvlarda 700 dan ortiq kishi jarohatlandi.

4 avgust kuni Bayrut shahridagi portda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Fojia natijasida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 6 mingdan ortiq odam jarohatlandi, 300 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qoldi.

Livan Bosh vaziri Hasan Diabning aytishicha, portlashga 2750 tonna ammiakli selitraning noto‘g‘ri saqlanishi sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 05:00 10.08.2020. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!