Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Litvada favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Litvada favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Litva poytaxti Vilnyus chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Shaharda to‘planib qolgan chiqindilar hajmi ortib borayotgani sabab davlat darajasida favqulodda holat joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil iyuliga kelib Vilnyus qayta ishlanmagan chiqindilar hajmi 20 ming tonnadan oshgan. Chiqindilar omborlar, ochiq maydonlar va ularni olib chiqadigan yo‘llar bo‘ylarida to‘planib qolgan. Shaharning ayrim hududlarida yoqimsiz hid ham tarqalgan.

Muammo 2025 yil aprel oyida shahardagi asosiy chiqindilarni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘lganidan keyin boshlangan. Zavod operatori — Energesman korxonasi faoliyatni tiklashga va’da bergan bo‘lsa-da, mablag‘ yetishmasligi sababli bu jarayon cho‘zilib ketgan.

Vilnyusda har kuni qariyb 700 tonna chiqindi hosil bo‘lishi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Zavodning asosiy ombori to‘lib qolgani sabab chiqindilarni vaqtincha boshqa hududlarga olib chiqishga to‘g‘ri kelgan.

Aholining noroziligidan so‘ng mahalliy hokimiyat muammoni bartaraf etish choralarini kuchaytirgan.

Natijada Vilnyus chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini tiklash va to‘planib qolgan chiqindilarni bartaraf etish masalasi dolzarb muammolardan biriga aylangan.

Kiritildi: 23:31 04.10.2026. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!