Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Litva yuk mashinalari haydovchilarisiz qolishi xavfi bor

Litva yuk mashinalari haydovchilarisiz qolishi xavfi bor

Litva yuk mashinalari haydovchilarisiz qolishi xavfi bor. Bu haqda Litva avtomobil tashuvchilar uyushmasi bosh kotibi ma’lum qildi.

Gap mamlakatning migrasiya siyosati bilan bog‘liq – avvallari ko‘pchilik haydovchilar Ukraina, Belarus va Rossiyadan kelgan, biroq urush boshlanganidan keyin vaziyat keskin o‘zgardi. Yashash va ishlash uchun ruxsatnomalarni berish qoidalarini qat’iylashtirish Litva tashuvchilari uchun uchinchi mamlakatlardan mutaxassislarni yollashni qiyinlashtiradi va Litvaning o‘zi professional haydovchilarni tayyorlamaydi.

Agar vaziyat o‘zgarmasa, mamlakatning transport korxonalari juda katta muammolarga duch keladi va oqibatlari butun Boltiqbo‘yi respublikasi iqtisodiyotiga ta’sir qiladi.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!