Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Lindsi Gremning singlisi AQSh Senatida uning o‘rnini egalladi

Lindsi Gremning singlisi AQSh Senatida uning o‘rnini egalladi

Janubiy Karolina gubernatori Henri Makmaster Lindsi Gremning singlisi Darlin Grem Nordonni AQSh Senati a’zosi etib tayinladi. U marhum senatorning vakolatlarini vaqtincha davom ettiradi.

U bu lavozimni 2027 yilning yanvariga qadar egallab turadi. Senatga saylovlar 2026 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Vafot etgan paytida Lindsi Grem qayta saylanishga hozirlik ko‘rayotgan edi.

Avgust oyida Janubiy Karolinada Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida uning o‘rnini kim egallashini aniqlash uchun navbatdan tashqari saylovlar o‘tkaziladi.

Fox News Digital ma’lumotiga ko‘ra, senatorlik o‘rniga boshqa nomzodlar, jumladan Janubiy Karolina vise-gubernatori Pem Evett, Kongressning sobiq a’zosi Trey Goudi va sobiq senator Jim Demint ham ko‘rib chiqilgan.

Lindsi Grem Rossiya siyosatini keskin tanqid qilib kelgan va Ukrainaning eng faol qo‘llab-quvvatlovchilaridan biri sifatida tanilgan.

Kiritildi: 14:21 14.07.2026. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!