Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Li Auto” reklamasida qonunbuzilish holati aniqlandi

“Li Auto” reklamasida qonunbuzilish holati aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida “Yas-Petrolium Trade” MCHJ tomonidan “Li Auto” avtomashinalari bo‘yicha reklama qonunchiligi talablari buzilgani aniqlandi.

Jumladan, kompaniya o‘zini “Li Auto”ning rasmiy dileri sifatida ko‘rsatib, Telegram va Instagram sahifalarida yolg‘on va chalg‘ituvchi reklamalar joylashtirgan.

Ushbu holatlar yuzasidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida moliyaviy jarima qo‘llanildi hamda qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

📌 Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlik sub’ektlarini reklama faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.

Kiritildi: Bugun 17:55. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!