Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

The Korea Times nashrining xabar berishicha, LG o‘zining Moskva yaqinidagi zavodida ishlab chiqarish jarayonini qisman qayta tiklagan. Kompaniya vakiliga ko‘ra, bu qaror 2022 yilda urush boshlanganidan beri bekor turgan ishlab chiqarish quvvatlarining eskirishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. Zavodga yangi materiallar yetkazilmagan, faqat mavjud zaxiralardan foydalanilmoqda.

"LG kompaniyasi vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda, chunki urush hali tugamagan. Biz voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz va sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng ish jarayoni qayta tiklanishi mumkin", — deya ma’lum qildi LG Electronics rahbari Cho Ju Van.

The Korea Times'ga ko‘ra, Hyundai ham Rossiya bozoriga ehtimoliy qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda. Samsung’ning Rossiyadagi faoliyati tiklanishi borasida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 22:18 28.03.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!