Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

LG kompaniyasi bakteriyaga qarshi keysga ega Tone Free naushniklarini taqdim etdi

LG kompaniyasi bakteriyaga qarshi keysga ega Tone Free naushniklarini taqdim etdi

Ikki model orasidagi farq ular saqlanadigan keysga bog‘liq: HBS-FN6 bakteriyalarga qarshi quvvatlantiruvchi keysga ega bo‘lgan. U quvvatlantirish vaqtida ultrabinafsha nurlari yordamida bakteriyalarni o‘ldiradi. HBS-FN4 esa standart keysga ega.

Tone Free’larga olti millimetrli drayverlar o‘rnatilgan bo‘lib, u ovoz sifatini yaxshilovchi texnologiyani, Bluetooth 5.0 va SBC/AAC audiokodekslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

LG kompaniyasi bakteriyaga qarshi keysga ega Tone Free naushniklarini taqdim etdi

Foto: Gsmarena

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, simsiz naushniklarni bir marta quvvatlantirish orqali besh soat gaplashish yoki olti soatgacha musiqa tinglash mumkin. Quvvatlantiruvchi keysi bilan birga yangi qurilma 18 soatgacha «chidab beradi». Tezkor va simsiz quvvatlantirish funksiyalari ham mavjud.

Gadjet IPX4 standarti bo‘yicha namlikdan himoyalangan. Hozircha yangi naushnikning narxi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Kiritildi: 22:54 27.06.2020. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!