Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Levandovskining yangi klubi nomi ma’lum

Levandovskining yangi klubi nomi ma’lum

Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini MLSning «Chikago Fayr» klubida davom ettiradi.

Avvalroq polshalik forvard ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilish va kelajagi borasida bir qarorga kelish uchun Amerikaga uchib borgan edi. Shartnoma keyingi haftada imzolanadi.

Levandovski oxirgi to‘rt mavsumni «Barselona»da o‘tkazdi. Yakunlangan mavsumda 37 yoshli polyak barcha musobaqalarda 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Polsha terma jamoasi JCH-2026 ga chiqa olmaganidan so‘ng, xalqaro faoliyatiga yakun yasagan edi.

«Chikago Fayr» MLSning Sharqiy konferensiyasi vakili hisoblanadi. Ayni paytda ushbu klub o‘z konferensiyasida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:48 28.06.2026. O'qildi: 2964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!