Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Le Pen Fransiya prezidenti saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yadi

Le Pen Fransiya prezidenti saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yadi

«Milliy birlashish» fraksiyasi yetakchisi Marin Le Pen TF1 telekanali efirida 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan Fransiya prezidenti saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda Le Monde nashri xabar bermoqda.

Mazkur bayonot Parij apellyasiya sudi tomonidan Le Penga nisbatan chiqarilgan hukm yumshatilganidan bir necha soat o‘tib yangradi. Sud uning Yevroparlament mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha aybini kuchda qoldirgan bo‘lsa-da, saylanish huquqidan mahrum qilish muddatini qisqartirdi. Bu esa siyosatchiga 2027 yilgi prezidentlik poygasida rasman ishtirok etish imkoniyatini taqdim etdi. Shartga ko‘ra, Le Pen saylovoldi kampaniyasini elektron braslet taqqan holda olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 23:53 07.07.2026. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!