Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Yevropa va AQSh o‘rtasida «nizo solgani» haqidagi ayblovlarni rad etdi. Uning aytishicha, aksincha, aynan Yevropa AQSh siyosatida Rossiya foydasiga «og‘ish» bor, deb hisoblab, Moskva va Vashington o‘rtasida ixtilof chiqarishga uringan.
Lavrov, shuningdek, xalqaro maydonda davlatlarga bo‘lgan munosabat ularning milliy manfaatlarini qay darajada qat’iy himoya qila olishiga bevosita bog‘liq ekanini ta’kidladi.