Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Lavrov: "Rossiya Eronga razvedka ma’lumotlarini yetkazib bermayapti"

Lavrov: "Rossiya Eronga razvedka ma’lumotlarini yetkazib bermayapti"

Rossiya AQSh va Isroilning Tehronga qarshi operasiyasi fonida Eron bilan razvedka ma’lumotlarini almashmayapti.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov France Télévisions nashriga bergan intervyusida shunday dedi.

"Biz Eronga ayrim turdagi harbiy mahsulotlar yetkazib berdik, ammo Eronga razvedka ma’lumotlari bilan yordam berayotganimiz haqidagi ayblovlarni qabul qila olmaymiz", dedi u.

Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tehron bilan razvedka ma’lumotlarini almashish masalasiga allaqachon izoh berishgan.

"Ular Rossiyaning haqiqatan ham Eron bilan yaqin munosabatlari borligini aytishdi. Bizda harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuv bor", dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi AQSh harbiy bazalarining koordinatalari mintaqadagi hammaga ma’lum: "Eron ularga hujum qilayotganidan hayron emasman".

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!