Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Hurmuz bo‘g‘ozi va uning atrofida yuzaga kelgan mojaroning tub sabablarini bartaraf etish zarurligini bildirdi.
Bu haqda u Bahrayn poytaxti Manama shahrida Rossiya va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (SSAGPZ) o‘rtasidagi strategik muloqotning to‘qqizinchi vazirlar uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Hurmuz bo‘g‘ozi va uning atrofida sodir bo‘layotgan voqealarning asosiy sabablarini bartaraf etish zarur. Bu, albatta, barchamiz olqishlagan hamda AQSh va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida “Islomobod memorandumi” doirasida erishilgan kelishuvlarni bajarishni ham o‘z ichiga oladi», — dedi Lavrov.
Rossiya tashqi ishlar vaziri ayni paytda Manamada bo‘lib, Rossiya va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi o‘rtasidagi strategik muloqotning to‘qqizinchi raundida ishtirok etmoqda.