Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, agar Yevropa siyosatchilari AQShni Ankoridjda erishilgan kelishuvlardan voz kechishga undamaganida, Ukrainadagi mojaro bir yil avvalyoq barham topgan bo‘lar edi.
Bu haqda u Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan elchilar davra suhbatida ma’lum qildi.
"Agar amerikaliklar Ankoridj kelishuvlaridan chekinmaganida, agar Yevropa AQShni bu kelishuvlardan uzoqlashtirmaganida, biz allaqachon bir yildan buyon urushsiz yashayotgan bo‘lar edik", — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.