Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Lavozimidan chetlatilgan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi garov evaziga qo‘yib yuborildi

Lavozimidan chetlatilgan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi garov evaziga qo‘yib yuborildi

Yirik miqdordagi davlat mablag‘ini talon-taroj qilganlikda gumon qilinayotgan va ishdan chetlatilgan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev garov evaziga qo‘yib yuborildi. Bu haqda daryo.uz xabar bermoqda.

Ostona tumanlararo maxsus tergov sudi gumonlanuvchi Yerik Miltiqbayevich Utembayev uchun garov ehtiyot chorasini qo‘lladi , deyiladi sud xabarida.

Garov summasi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston aksilkorrupsiya xizmati Utembayevni mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi qurilishi davomida 140 million tenge (370 ming dollar atrofida) miqdoridagi mablag‘ni talon-toroj qilganlikda gumonlamoqda.

Kiritildi: 10:19 20.01.2019. O'qildi: 1595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!