Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Latifaning dodasi!

Latifaning dodasi!

***

Folbin erkakka dedi:

— Siz ikki bolaning otasisiz?

— Adashdingiz. Men uch bolaning otasiman.

— Yo‘q, siz adashdingiz. Ikki bolaning otasisiz.

 

***

Ayol avvaliga yangi tanishgan yigiti uni teatr, kinolarga olib borishini istaydi, shu bahonada bu yigit bilan uchrashish kerakmi-yo‘qmi, aniqlamoqchi bo‘ladi. Yigit esa o‘zi tanishgan qizni dastlab uyiga olib borishni xohlaydi. Shu bahonada bu qiz bilan kino, teatrlarga borish kerakmi-yo‘qmi, aniqlab olmoqchi bo‘ladi.

 

***

Hayvonot bog‘i direktori qarasa, fillardan biri qattiq yo‘tala boshlabdi. Unga bir chelak vino ichirib yuborgandi, yo‘tali to‘xtadi-qo‘ydi. Ammo boshqa qafasdagi fillar baravariga yo‘tala boshlashdi.

 

***

Pora olishga mukkasidan ketgan ekskursovod navbatdagi sayohatchilardan qanday pul undirishni bilmay, oxiri haykallardan birini ko‘rsatib dedi:

— Ko‘rdilaringmi, hov anavi haykalning qo‘li qo‘ynidan chiqib turibdi?!

— Ha.

— U kamtarlik bilan ekskursovodni nima bilandir siylab qo‘yinglar demoqchi bo‘layapti.

 

***

O‘rmon. Er-xotin qo‘ziqorin terib yurishardi. Xotin oq qo‘ziqorin topib oldi-yu, eriga qichqirdi:

— Dadasi, bu yeb bo‘ladigan qo‘ziqorinmi?

— Hozircha sen uni pishirganing yo‘q. Demak, hozircha yesa bo‘ladi.

 

***

Er-xotin qo‘llarida katta sumka bilan vokzalga kelishdi. Er yelka qisib dedi:

— Afsus, pianino esdan chiqibdi-da!..

— IYE, jinni bo‘lganmisiz?

— Jinni bo‘lganim yo‘q. Poyezd chiptasi bilan sanatoriyga berilgan yo‘llanma pianinoning ustida qolib ketibdi.

 

***

Er xotiniga dedi:

— Hadeb ming‘illayverma! Ortiqcha narsalarga pul sarflayapsanmish... Qani ortiqcha narsaga pul sarflaganim?

— O‘t o‘chiradigan uskuna-chi? Keraksiz narsa emasmi o‘sha? Sotib olganingizga olti yil bo‘ldi, hali biror marta foydalanganimiz yo‘q!

 

***

Muallim:

— Toshmat, rostini ayt, inshoingni kim yozib berdi?

— Bilmadim, men erta uxlab qolgandim.

 

***

Besh yashar bola qo‘shnining derazasini tosh otib sindirib qo‘ydi. Onasi uni qo‘rqitayapti.

— Endi tamom! Otang kechqurun do‘kondan yangi oyna olib qo‘shnimizning derazasiga solib bermaguncha, sen shimingni yechib orqang bilan o‘sha derazaning ochiq joyini berkitib turasan.

Bolakay yig‘lab:

— Oyi, tushda men bilan almashib turasizmi?

 

***

Radiodagi yangilikdan:

Sport ustalari Toshmatov hamda Eshmatovlar o‘rtasidagi shaxmat musobaqasi muddatidan oldin nihoyasiga yetdi. Yigirmanchi daqiqada Eshmatovning qoshi yorilganligi sababli g‘oliblik Toshmatovga berildi.

Kiritildi: 22:44 22.06.2020. O'qildi: 4293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!