Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Laosda 13 nafar xitoylik sayyoh halok bo‘ldi

Laosda 13 nafar xitoylik sayyoh halok bo‘ldi

Laosda Xitoyning sayyohlarini olib ketayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi va 31 kishi jarohat oldi. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

Avtobusda 44 nafar xitoylik va ikki nafar laoslik, ya’ni haydovchi va yo‘l boshlovchi bo‘lgan. Voqea dushanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Yo‘l sharoitlari yomon bo‘lgan tog‘li hududda avtobus jarga qulagan.

Avtobus Viyentiandan qadimgi poytaxt va YUNESKOning Umumjahon merosiy obidasi Luang Prabangga sayyohlar bilan ketayotgan edi. Mazkur hudud poytaxtdan 300 kilometr uzoqlikda – shimolda joylashgan.

Laosdagi qo‘shma gumanitar o‘quv mashg‘ulotida qatnashgan Xitoy tibbiy guruhi qutqaruv ishlariga yordam berdi, deya xabar beradi Xitoy elchixonasi o‘z veb-saytida.

Laos hukumati avtohalokat sababini o‘rganmoqda.

 

 

 

Kiritildi: 13:05 21.08.2019. O'qildi: 1549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!