Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis g‘urur bilan uning mamlakati o‘zini “Xitoydan ozod” deb ataydigan dunyodagi sanoqli davlatlardan biri ekanligini ta’kidladi, deb yozadi obzor.lt.
“Biz o‘zini Xitoydan xoli davlat deb atashga qodir davlatmiz. O‘ylaymanki, qisqa yoki o‘rta muddatda, aytaylik, 2030 yilgacha, bu afzallik bo‘ladi”, — dedi Litva diplomatiyasi rahbari Vilnyusda AQSh Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan forumda.
Litva va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yili Vilnyus Tayvanga mamlakatda orol nomi bilan vakolatxona ochishga ruxsat berganidan keyin sezilarli darajada yomonlashdi. Bunga javoban Xitoy Litva bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarini cheklab qo‘ygan, biroq bu mamlakatlar o‘rtasidagi savdo so‘nggi paytlarda o‘sib bormoqda.