Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Lamin Yamalning uyiga bostirib kirishga urinishdi

Lamin Yamalning uyiga bostirib kirishga urinishdi

Lamin Yamal xavfsizlik xizmati futbolchining uyiga kirishga qilingan urinishning oldini oldi. Bu haqda La Vanguardia xabar bermoqda.

Hodisa JCH-2026 yarim finalidan keyingi tunda sodir bo‘ldi. Xavfsizlik xodimi kuzatuv kameralari orqali «Barselona» futbolchisi uyi hududidagi devordan oshib o‘tayotgan niqobli ikki nafar noma’lum shaxsni payqab qolgan.

Ular aniqlangach, tezda voqea joyidan yashirinishgan. Yamal qo‘riqchilari voqea haqida polisiyaga xabar berdi va ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Futbolchining amakisi Abdul oila bu voqea sabab xavotirda emasligini ta’kidladi.

«Biz xavotirlanmayapmiz, chunki bu juda xavfsiz uy va ichkariga kirish mutlaqo imkonsiz», — dedi u.

O‘sha tunda shu hududda yana ikkita xonadon o‘g‘irlikka uchragan. Huquq-tartibot idoralari bu holatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.

Kiritildi: 16:43 15.07.2026. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!