Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasida yangi rekord o‘rnatdi

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasida yangi rekord o‘rnatdi

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safida yana bir tarixiy natijani qayd etdi.

19 yoshli "Barselona" vingeri UYEFA Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va Mark Pubilga golli uzatma berdi.

Shu tariqa, Yamal Ispaniya milliy jamoasi tarixida bir o‘yinda kamida uchta golli harakat — 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Uchrashuv kuni Lamin 19 yoshu 78 kunlik edi.

Bunga qadar mazkur ko‘rsatkich Raul va Xoseba Echeberriyaga tegishli bo‘lgan. Ular ham terma jamoa safida bir o‘yinda uchta samarali harakat amalga oshirgan, ammo bu natijaga 21 yoshu 273 kunligida erishgan.

Kiritildi: 15:55 30.09.2026. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!