KXDR o‘z Konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritib, undan Janubiy Koreya bilan birlashish haqidagi eslatmalarni olib tashladi — Reuters.
Shimoliy Koreyaning yangi Konstitusiyasida mamlakat hududi shimolda Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federasiyasi, janubda esa Koreya Respublikasi bilan chegaradosh deb belgilangan.
Shunga qaramay, hujjatda Janubiy Koreya “dushman davlat” sifatida ta’riflangan.
Yangilangan Konstitusiyada Kim Chen In KXDR Davlat kengashi raisi, davlat rahbari deb atalgan. Ilgari KXDR rahbari "oliy rahbar" deb yuritilar edi.
Shu bilan birga, Konstitusiyada Shimoliy Koreya yadroviy qurolga ega davlat sifatida tavsiflangan. Yadroviy kuchlarga qo‘mondonlikni shaxsan Davlat kengashi raisi, ya’ni Kim Chen In amalga oshirishi qayd etilgan.