Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

KXDR Rossiyaga yana 10 ming nafar harbiy yuboradimi?

KXDR Rossiyaga yana 10 ming nafar harbiy yuboradimi?

Zelenskiy: KXDR Rossiyaga yana 10 ming nafar harbiy yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shimoliy Koreya hukumati Rossiyaga taxminan 10 ming nafar harbiyni yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ulardan 8 mingdan ortiq askar allaqachon Rossiya hududida ekanini Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi hisobotidagi «yangi ma’lumotlar»ga tayanib ma’lum qildi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun xorijliklarni yollashni «ko‘paytirishni rejalashtirmoqda».

«Rossiya o‘z armiyasiga odamlarni jalb qilayotgan mamlakatlar hukumatlari bunga qarshi chora ko‘rishi muhim. Biz har bir hukumatni xabardor qilamiz», — dedi prezident.

Janubiy Koreya razvedkasi baholariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyani urushda qo‘llab-quvvatlash uchun allaqachon taxminan 15 ming nafar harbiy yuborgan. Taxminlarga ko‘ra, Pxenyan buning evaziga Moskvadan pul, harbiy texnologiyalar va xavfsizlik kafolatlarini olmoqda.

Kiritildi: 19:01 29.09.2026. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!