Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Kim Yo Chjon Seuldagi paradni «masxarabozlik»ga qiyosladi. Uning so‘zlaridan Koreya markaziy axborot agentligi iqtibos keltirgan.
«Bir so‘z bilan aytganda, bu o‘yinlar shunchaki bo‘sh masxaraboz shou bo‘lib, uni daryodan o‘tayotgan yovvoyi itlar to‘dasi bilan solishtirish mumkin», dedi u.
Kim Yo Chjon, shuningdek, Qurolli Kuchlar kunini nishonlashni «mustamlakachi» armiyaning dafn marosimiga qiyosladi.
1-oktabr kuni Koreya Respublikasida Qurolli kuchlar kuni munosabati bilan Seongnam aeroportida maxsus tantanali marosim va Seul markazida parad bo‘lib o‘tdi. Xususan, Janubiy Koreya ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda KXDR rahbariyatini yo‘q qilish bo‘yicha Janubiy Koreya konsepsiyasining elementi bo‘lgan Xyonmu-5 raketasini ko‘rsatdi va aerodrom ustidan Amerika strategik bombardimonchi samolyoti ham uchib o‘tdi.