Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kusherbayev "Twitter"ning bloklanishi masalasida deputatlik so‘rovi kiritdi

 Kusherbayev "Twitter"ning bloklanishi masalasida deputatlik so‘rovi kiritdi

Bu haqda deputatning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.

"O‘zkomnazorat boshlig‘iga "Twitter"ning bloklanishi masalasida asoslantirilgan tushuntirish berish va cheklovni olib tashlash choralarini ko‘rish masalasidagi talab bilan deputatlik so‘rovi kiritdim.

Fikrimcha, bu kabi cheklovlar ijobiy natijadan ko‘ra, ko‘proq salbiy oqibat keltirib chiqarmoqda. Chunki foydalanuvchilar Internetdagi "blok"larni aylanib o‘tish maqsadida turli WPN dasturlaridan foydalanish ortidan boshqa xavfli va ta’qiqlangan manbalardan ham foydalanishga o‘tib, kattaroq huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yishmoqda.

So‘rovga 10 kun ichida javob berilishi kerak. Ko‘ramiz...", - deb yozib qoldirgan Kusherbayev.

Kiritildi: 22:33 19.05.2022. O'qildi: 2392 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!