Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Ko‘p esnash qaysi kasallikdan darak beradi?

Ko‘p esnash qaysi kasallikdan darak beradi?

Esnash miyadagi bir qancha jarayonlar sabab sodir bo‘ladi. Ko‘pincha, miyaga kislorod yetishmaganda, charchoq va uyqu kelgan vaqtda esnash holati kuzatiladi. Ammo bular esnashning yagona sabablari emas ekan. Quyida boshqa sabablarga to‘xtalamiz.

* Simpatiya

Yonginangizda esnab o‘tirgan yoqimtoy inson sizni ham esnashga majbur qiladi. Psixologlarning fikricha, bu holatdagi esnash insonlar o‘rtasidagi emosional va sosial aloqani mustahkamlashga yordam beradi. Qarindoshlar va do‘stlar davrasida esnash nihoyatda yuqumli. Qizig‘i, inson o‘ziga notanish yoki yoqimsiz insonlar davrasida-kamdan kam holatlarda esnar ekan.

* Bosh miya “isib ketdi”

Inson esnagan vaqtida tanaga havo oqimi kirishi ortadi va bu miyaga o‘zini sovutishiga yordam beradi. Odamlar bahor va yozda qish fasliga qaraganda kamroq esnaydi. Bu holat toza havoda sayr qilishlarning ko‘pligi bilan bog‘liq. Sovuqda afsuski, bunday sayrlar kamayadi va shunga mos ravishda esnashlar soni ham ko‘payadi.

* Energiya kerak

Esnash miyani sovutadi va energiya bilan boyitadi. Shu sabab, inson kechqurun ko‘p esnashga tushadi. Bu holatda bosh miya yanada yaxshiroq ishlashi uchun qayerdandir energiya topishga urinadi.

* Katta bosh

“Biology Letters” nomli ilmiy jurnalda esnash va bosh miya hajmi o‘rtasida bog‘liqlik borligi haqida aytilgan. Hayvonlarda tajriba o‘tkazib ko‘rilgan va unda hayvon bosh miyasi qancha katta bo‘lsa, u shuncha og‘zini katta ochib esnashi ma’lum bo‘ldi.

* Salomatlik bilan bog‘liq muammo

Olimlar esnash yurak qon-tomir bilan bog‘liq kasalliklardan darak berishi mumkinligini aytmoqda.  Yurakdagi xurujlarni bosh miyadan qorin bo‘shlig‘igacha keluvchi nervlar qo‘zg‘atadi. Bu esa me’yordan ortiq esnashga sabab bo‘ladi.

Tutqanoq, tarqoq sklerozda inson besabab ko‘p esnaydi.

Shu sabab, ko‘p esnab yuborganingizni payqasangiz, albatta, shifokor ko‘rigidan o‘tib qo‘ying.

Kiritildi: 12:00 03.11.2019. O'qildi: 22844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!