Kumushning jahon bozoridagi narxlari 36 foizga pasaydi, bu tarixiy antirekord. Oltin narxi esa 12 foiz yo‘qotdi, so‘nggi 40 yildan ortiq vaqt ichidagi eng katta pasayish — Deutsche Welle.
Qimmatbaho metallar bozoridagi keskin qulash 30 yanvar kuni yuz berdi. So‘nggi paytlarda oltin va kumush narxlari geosiyosiy beqarorlik, urushlar hamda AQSh Federal zaxira tizimining (FZT) yangi rahbariyati atrofidagi noaniqliklar fonida o‘sib kelayotgan edi. Investorlar va markaziy banklar oltinni himoya aktiv sifatida sotib olishayotgan edi.
30 yanvar kuni Donald Tramp Federal zaxira tizimi rahbari lavozimiga Kevin Uorshni nomzod sifatida ilgari surdi. Bozorlar buni oldindan bashorat qilinadigan monetar siyosat belgisi sifatida qabul qildi va bu qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabni pasaytirdi. Oltin unsiyasi narxi psixologik muhim bo‘lgan 5000 dollar darajasidan pastga tushdi. Narxning 12 foizga pasayishi 1980-yillar boshidan beri kuzatilgan eng yirik kunlik qulash bo‘ldi. Kumush esa 36 foizga arzonlashib, tarixdagi eng katta kunlik pasayish bilan mutlaq antirekordni qayd etdi.