Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kulgi choyxonasi...

A A A
Kulgi choyxonasi...

Birinchi sinfda o‘qiydigan Marayimjon uyga xomush holda qaytdi. Onasi undan so‘radi:

— Nima bo‘ldi, arslonim? Bugunam «ikki» baho oldingmi?

Marayimjon qovoq uygan ko‘yi javob qildi:

— Ha-a… Tezroq pensiyaga chiqsaydim…

 

 

* * *

 

 

80 yoshli qariya vrachga dedi:

— Ahvolim zo‘r. 18 yoshli jazmanim bor. Hademay farzand tug‘ib beradi. Bunga nima deysiz?

— Bilasizmi, sizga bir voqeani aytib beray. Ovchi bir kuni ovga ketayotib miltiq o‘rniga adashib yomg‘irpo‘sh olibdi. Ketayotsa, oldidan ayiq chiqib qolibdi. Ovchi shartta yomg‘irpo‘shni ochibdi-da, ayiqqa to‘g‘rilab tugmachasini bosibdi. Ishonasizmi, ayiq shundoq oyoqlari ostiga yiqilib jon beribdi.

— E, balki, boshqa ovchi otib o‘ldirgandir ayiqni?

— Ana, endi o‘zingizga keldingiz. Men ham sizga xuddi shuni tushuntirmoqchiydim.

 

 

* * *

 

 

— O‘rtoq boshliq, hamkasbimiz olamdan o‘tibdi. O‘shaning joyini egallasam bo‘ladimi?

— Roziman. Faqat qabriston qorovuli bilan ham kelishib oling!

 

 

* * *

 

 

— Kechirasiz, bu sherning odamxo‘r ekanini qanday payqadingiz?

— Ko‘z qarashlari xotinimnikiga o‘xsharkan.

 

 

* * *

 

 

Darvozadagi yozuvdan:

— Darvozani qattiqroq taqillating! Itimizning qulog‘i og‘ir.

 

 

* * *

 

 

Bog‘cha tarbiyachisi qizaloqdan so‘radi:

— Odam aqllimi, jonivorlarmi?

— Jonivorlar.

— Nega?

— Men itim bilan gaplashsam tushunadi. U gapirganda esa, men hech narsani tushunmayman.

 

 

* * *

 

 

Qish. Yarim tun. Qor bo‘ralab yog‘yapti. Ayiq o‘rmonda izg‘ib o‘zini o‘zi koyiyapti:

— Eh, nega sentyabrda qahva ichdim-a?

 

 

* * *

 

 

— Og‘ayni, Gresiyada bo‘lganmisan?

— Bo‘lganman.

— Kiprda-chi?

— U yerdayam bo‘lganman.

— Qayerda dam olgan ma’qulroq?

— Bilmadim. Men doimo bolalarim hamda xotinim bilan birga dam olganman.

 

 

* * *

 

 

Ikki kar suhbatidan:

— Sen baliq oviga ketyapsanmi?

— Yo‘q, men baliq oviga ketyapman.

— Ha-a, men baliq oviga ketyapsanmi deb o‘ylabman.

 

 

* * *

 

 

Evreydan do‘sti so‘radi:

— Monya, ishlaring qalay?

— Yomonmas. Asta-sekin tirikchilik qilib yuribman. Mana, garaj sotib olib xotinimning nomiga rasmiylashtirdim. Ertadan uni qaynonamga ijaraga beraman.

Kiritildi: 23:48 07.07.2018. O'qildi: 1836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik