Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kuleba Xitoyga tashrifidan so‘ng Ukrainani muzokaraga ko‘ndirib bo‘lmasligini aytdi

Kuleba Xitoyga tashrifidan so‘ng Ukrainani muzokaraga ko‘ndirib bo‘lmasligini aytdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, hech kim Kiyevni tinch muzokaralar o‘tkazishga ko‘ndira olmaydi, chunki bu «mumkin emas».
U TSN telekanaliga intervyu berib, unda Xitoyga tashrifi yakunlari haqida fikr bildirdi. Kulebadan Pekin Kiyevni muzokaraga undadimi, degan savolga javob berdi.


«Hech kim bizni muzokaraga ko‘ndira olmaydi, chunki bizni ko‘ndirishning iloji yo‘q, o‘zimiz esa qaror qabul qilamiz», deb javob berdi vazir.

Unga ko‘ra, Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb davlatlari uni muzokaraga ko‘ndirishga urinmayapti.

«Va bu shunchaki diplomatik so‘zlar emas, bu haqiqiy pozisiya», deb ta’kidladi diplomat.

Kiritildi: 07:47 26.07.2024. O'qildi: 2655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!