Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kuleba Ukrainada hayotiy ta’minot tizimlari izdan chiqishini bashorat qildi

Kuleba Ukrainada hayotiy ta’minot tizimlari izdan chiqishini bashorat qildi

Ukrainaning sobiq tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatdagi vaziyat rivojlanishining salbiy ssenariylaridan biri yirik shaharlarda hayotiy ta’minot tizimlarining izdan chiqishi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

U bu haqda Axel Springer nashriyotlar guruhining YouTube kanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Ukrainadagi hozirgi vaziyatni og‘ir deb baholagan Kulebaning ta’kidlashicha, yaqin haftalar va oylar ichida mamlakatni bundan ham jiddiyroq muammolar kutishi mumkin.

«Menimcha, eng dahshatli holat yirik shaharda hayotiy ta’minot tizimlarining — elektr energiyasi, suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlarining — ishdan chiqishi bo‘ladi», — dedi Kuleba.

Ukraina Strategik tadqiqotlar instituti tahlilchisi Yuriy Korolchuk ham energetika sohasidagi muammolar sababli juma kuni Kiyev shahri va Kiyev viloyatida favqulodda holat e’lon qilishga chaqirdi. Ekspertning prognoziga ko‘ra, qish iliq kelgan taqdirda ham poytaxtdagi vaziyat yaxshilanmasligi mumkin.

Avvalroq Ukraina bosh vaziri Sergey Koreskiy mamlakatni kelayotgan qishda o‘tgan yilgiga qaraganda ham murakkabroq vaziyat kutishi mumkinligini aytgan edi.

Ukrainalik energetika eksperti Stanislav Ignatyev ham bo‘lajak qish 2022 yildan beri eng og‘ir qish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Uning fikricha, mamlakat energetika tizimi mavjud yuklamani ko‘tara olmayapti.

Kiritildi: 20:50 11.10.2026. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!