Turkiyaning 48 viloyatida beqaror ob-havo tufayli ta’lim muassasalari yopildi.
Bu haqda mahalliy hokimiyat maktablarning yopilganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, 2 yanvar kuni Usmoniya, Sakarya, Kojayeli va Koniya viloyatlarining bir qancha tumanlari hamda Istanbulning Shishli, Sariyer va Beykoz tumanlarida maktablar yopiladi.
Turkiyada kuchli qor yog‘ishi bir qator og‘ir oqibatlarga olib keldi. Diyarbakir, Kastamonu va boshqa viloyatlarda qor ko‘chkisi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Artvin viloyatida olti cho‘pon qor ko‘chkisi ostida qolib ketdi. Uch nafari qutqarib olindi, ikki nafari halok bo‘ldi, uchinchisini qidirish esa ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli qoldirildi.