Marko Rubioning boshqa bayonotlari:
◾️ Hozir kelgusi qadamlarimiz va siyosatimiz haqida gapirmoqchi emasman. Lekin hech kimga sir emaski, biz Kuba rejimini yoqtirmaymiz;
◾️ Nega 8 million odam Venesuelani tark etdi? Bu zamonaviy tarixdagi eng yirik ommaviy migrasiya hisoblanishi mumkin. 2014 yildan beri Venesuyeladan kamida 8 million odam chiqib ketdi, chunki bu mamlakatning barcha boyliklari Venesuela xalqiga emas, balki Maduro va uning rejimidagilarga foyda keltirish uchun talon-toroj qilindi;
◾️ Sakkiz million muhojir qanchalik beqarorlashtiruvchi omil bo‘lishi mumkinligini bilasizmi? Braziliya, Kolumbiya va mintaqadagi boshqa mamlakatlar Venesuelada sodir bo‘layotgan voqealar va bizning aralashuvimiz sabab nimadan eng ko‘p qo‘rqayotganini bilasizmi? Ular yana bir ommaviy migrasiya to‘lqini yuzaga kelishidan qo‘rqishmoqda. Bu beqarorlashtiruvchi holat;
◾️ Menimcha, Venesuelada saylovlar o‘tkazish uchun ma’lum vaqt zarur;
◾️ Venesuelani ma’lum darajada kolonizasiya qilganlar, kamida rejim ichida. Buni kubaliklar amalga oshirgan. Maduroni ham aynan kubaliklar qo‘riqlagan. Uni venesuelalik soqchilar emas, kubaliklar himoya qilgan;
◾️ Venesuelada ichki razvedka masalasida, xususan, kim kimni kuzatayotgani, xoinlar yo‘qligini tekshirish bilan shug‘ullanayotganlar ham kubaliklardir;
◾️ Venesuela Liviya, Iroq, Afg‘oniston yoki Yaqin Sharqqa o‘xshamaydi. Venesuela G‘arb davlati. Faqatgina u yerda AQShga qarshi fitna uyushtirayotgan va faoliyat olib borayotgan eronlik agentlar borligi bundan mustasno;
◾️ Maduroni qo‘lga olish operasiyasi Kongress tasdig‘ini talab qiladigan harakat emas edi. Bu bosqin yoki uzoq muddatli harbiy operasiya hisoblanmaydi. Kongress roziligini talab qiladigan har qanday harakat uchun biz albatta Kongressdan ruxsat olamiz.