Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Kuba AQSh bilan ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Kuba AQSh bilan ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Kuba harbiylari AQSh tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy agressiya ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Karlos Fernandes de Kossio NBC News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi xalqaro vaziyatda bunday xavfni inkor etish «soddalik» bo‘lar edi. Shu bilan birga, Gavana harbiy ssenariy uchun aniq asos ko‘rmayotganini va mojaro yuz bermasligiga umid qilayotganini bildirgan.

Bayonotlar Venesuela dagi AQSh operasiyasidan keyin munosabatlar keskinlashgani fonida yangradi. Unda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olingani ma’lum qilingan. Shundan so‘ng Vashington mintaqada qo‘shimcha choralar ko‘rilishi mumkinligini bildirgan.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Kuba hukumati «xavotir olishi kerak»ligini aytgan. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp yanvar oyida Kubaga neft yetkazib beruvchi davlatlarga qarshi ehtimoliy tariflar joriy etish haqida farmon imzolagan.

Bu qaror oroldagi energetik inqirozni kuchaytirgan: mart oyida yoqilg‘i tanqisligi sabab elektr ta’minoti bir necha bor uzilgan.

Kuba tomoni neft blokadasini AQShning «agressiyasi» deb baholab, mamlakat suvereniteti saqlanib qolishini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 18:32. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!