Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Kroos "Real" bilan xayrlashish oldidan ta’sirli post qoldirdi

Kroos "Real" bilan xayrlashish oldidan ta’sirli post qoldirdi

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos "Real" futbolchisi sifatidagi so‘nggi kuni munosabati bilan post chop etdi. Bugun, 1 iyul kuni uning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi rasman yakuniga yetdi.

"1-rasmda 2-rasmning yetishmayotgan qismi ko‘rsatilgan! "Real Madrid" futbolchisi sifatida oxirgi kunim. Men o‘zimni g‘alati his qilyapman, lekin men har doim sizlarning biringgiz bo‘laman. Abadiy minnatdorman", - deb yozdi 34 yoshli futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida kuboklar bilan suratni ilova qilib.

Kroosning so‘nggi klubi "Real Madrid" bo‘lib, u 2014 yilda "Bavariya"dan ko‘chib o‘tgan edi. Bu davrda Kroos barcha turnirlarda 464 ta uchrashuvda qatnashib, 28 ta gol va 98 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Los-Blankos" tarkibida futbolchi to‘rt marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, to‘rt marta Ispaniya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi va to‘rt marta Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kroos "Real" bilan xayrlashish oldidan ta’sirli post qoldirdi

Kroos "Real" bilan xayrlashish oldidan ta’sirli post qoldirdi

Kiritildi: 10:45 01.07.2024. O'qildi: 959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!