«An-Nasr» hamda Portugaliya milliy terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatidagi «Al-Hilol»ga qarshi muhim uchrashuv oldidan muxlislarga murojaat qildi.
Portugaliyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda hissiyotlarga boy xabar qoldirdi.
— Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz har hafta bizga kuch bag‘ishladi. Stadionda, uyda va butun dunyo bo‘ylab. Bu energiya maydonda ham biz bilan birga.
Keling, buni amalga oshiramiz. O‘zimiz uchun. Sizlar uchun. «An-Nasr» uchun. Ertaga ko‘rishamiz, — deb yozdi Ronaldu.
«An-Nasr» — «Al-Hilol» uchrashuvi 12 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.
Chempionatning so‘nggi oldi turi arafasida «An-Nasr» 32 ta o‘yindan keyin 82 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Al-Hilol» esa 31 ta bahsdan so‘ng 77 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.