“Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-964-son, 20.09.2024 y.) qabul qilindi.
⚡️ Qonunga ko‘ra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash belgilanmoqda.
✅ Shuningdek, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
📁 Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari , shuningdek banklar, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.
📌Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.