Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirusning ikkinchi to‘lqinida bemorlar tezroq vafot eta boshlaydi — olimlar

Koronavirusning ikkinchi to‘lqinida bemorlar tezroq vafot eta boshlaydi — olimlar

COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini paytida bemorlar ikki baravar tezroq vafot eta boshladilar, ammo hozirgi paytda shifokorlar samarali davolash usullariga ega. Ushbu paradoks haqida Daily Mail britaniyalik olimlarning Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ilmiy maslahat guruhiga bergan hisobotiga asoslanib xabar beradi.

Xulosalar 80 mingga yaqin bemorlarning ma’lumotlariga asoslanadi.

"Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, COVID-19 kasalxonasiga yotqizilgan bemorlar birinchi to‘lqindan ko‘ra tezroq o‘lishadi — o‘rtacha bir haftada. Bunga kasallikni davolash usullari takomillashganligi sabab bo‘lishi mumkin», — deb yozadi gazeta.

Olimlar ushbu paradoksni oddiygina tushuntirmoqdalar: endi ko‘proq virus yuqtirgan odamlarni qutqarish mumkin va asosan sog‘lig‘i zaif bemorlar vafot etadi.

Mutaxassislar, shuningdek, SARC-CoV-2 virusi mutasiyaga qodir ekanligini tasdiqladilar.

Mutasiyalar kasallikning og‘irligi va davomiyligiga ta’sir qilmaydi, balki kasallikning yuqishiga, koronaviruslarning tarqalish "qobiliyati"ga ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: 14:22 24.10.2020. O'qildi: 4407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!