Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Koronavirusni yengib bo‘lmaydi — olimlar

A A A
Koronavirusni yengib bo‘lmaydi — olimlar

Koronavirus infeksiyasi — Covid-19 yengilmas. Minnesota universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Xabaringiz bor, dekabr oyida Xitoyda koronavirus infeksiyasi tarqala boshlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha virus yuqtirganlar 15,4 milliondan oshgan.

Yaqinda Minnesota (AQSh) universiteti olimlarining xulosasiga ko‘ra, koronavirusni hech qachon butunlay yengib bo‘lmaydi, chunki u inson tanasiga moslashadi. Ularning fikriga ko‘ra, vaksina virusning tarqalishini cheklaydi, ammo odamlarda uzoq muddatli immunitet shakllanishi dargumon — u bir necha oydan bir necha yilgacha ishlaydi, chunki antitanachalarning himoyasi vaqt o‘tishi bilan zaiflashadi. Shu sababli SARS-CoV-2 koronavirusi insoniyat bilan, immunitet tanqisligi virusi va oddiy sovuq viruslar bilan birga yashaydi. Ammo olimlar kelajakda yanada samarali vaksina ishlab chiqarilishi mumkinligini tan olishdi.

Kiritildi: 11:46 24.07.2020. O'qildi: 10318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik