Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirusga chalinganlarning 2 nafari Farg‘onada davolanmoqda

Koronavirusga chalinganlarning 2 nafari Farg‘onada davolanmoqda

«Bemorlarning 2 nafari Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgach, unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan», – deb ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida poytaxtdan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar ham bor.

«Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda», – deb ta’kidlangan xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolardan karantin qoidalariga amal qilish, imkon qadar uydan chiqmaslik, jamoat joylarida to‘planmaslik, shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.

«Dunyo tajribasiga ko‘ra, koronavirus tarqalishining oldini olishda eng samarali yo‘l – aynan karantin qoidalariga so‘zsiz rioya etishdir», deyiladi vazirlik axborotida.

Kiritildi: 16:40 25.03.2020. O'qildi: 2993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!